Panasonic yuqori kadr chastotasiga ega yangi kamerani tayyorlamoqda

Panasonic yuqori kadr chastotasiga ega yangi kamerani tayyorlamoqda

43 Rumors sayti tez orada taqdimoti kutilayotgan Panasonic firmasining Lumix DMC-GH5 kamerasiga tegishli ba’zi suratlarni e’lon qildi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, ushbu kamera 180 k/s chastotada 4K videolarni tasvirga tushirish  imkoniyatini beradi. Bu esa videodagi harakatni sekinlashtirishga ximat qiladi. Biroq hozircha kamera sensorining aniqlik formati oshkor etilmagan. Ammo yangi model o‘tmishdoshi Lumix DMC-GH4 kamerasiga nisbatan yuqori fokuslash nuqtalariga bilan farqlanishi aytilmoqda (225 ta).

Kameradan -10 gradus sovuqda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Panasonic Lumix DMC-GH5 kamerasi 4 yanvarda namoyish etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!