Paper Planes: qog‘oz samolyotchani dunyoning narigi chekkasiga yuboring!

Paper Planes: qog‘oz samolyotchani dunyoning narigi chekkasiga yuboring!

Active Theory kompaniyasi foydalanuvchiga virtual qog‘oz samolyotchalarni uchirish va boshqalar uchirgan “begona” samolyotchalarni tutib olish imkonini beruvchi Paper Planes veb-ilovasini ishga tushirdi. Har bir shunday samolyotchaga foydalanuvchi o‘zi istiqomat qilayotgan joy nomini yozadi, so‘ng uni “buklab”, dunyo bo‘ylab sayohatga uchirib yuboradi.

Paper Planes faqat telefonlarda ishlaydi. Foydalanuvchi mobil brauzerda paperplanes.world saytini ochishi (Android qurilmalar uchun mobil ilova ham bor), so‘ng ekrandagi ko‘rsatmalar bo‘yicha harakat qilishi kerak: shtamp qo‘yishi, barmoqlari bilan samolyotchani “yasashi”, telefonni gorizontal holatga o‘tkazib, keskin harakat bilan uni uchirib yuborishi kerak.

Ilovada qilinadigan ikkinchi ish — begona samolyotchalarni tutib olish. Buning uchun ekranda matrap (sachok) paydo bo‘lishi bilan telefonni silkitish kerak. Tutib olingan samolyotchani ochib ko‘rish, u qayerlarda bo‘lgani bilan tanishish, so‘ng shtamp bosib, yana sayohatga chiqarib yuborish mumkin.

Agar omad kelib qolsa, juda ko‘p sayohat qilishga ulgurgan samolyotchani tutib olish mumkin.

Ilovani yuklab oling:

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.