Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  6585
  •  02.03.2018 16:13

Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Ko‘pchilik saytlar, elektron pochta xizmatlari bizga imkon qadar murakkab parol tanlashimizni uqtirishadi. Bu bejiz emas – parol qanchalik sodda bo‘lsa, uni aniqlash, akkauntingizni buzib kirish shuncha oson kechadi-da.

O‘QING: Xakerlar o‘g‘irlagan parollar orasida mening parolim bor-yo‘qligini qanday aniqlash mumkin?

Agar biror servis uchun tanlagan parolingiz qanchalik ishonchli ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, «Kasperskiy laboratoriyasi» buni onlayn tarzda tekshirish imkonini taqdim etadi.

Buning uchun:

  1. Quyidagi havola orqali o‘ting: https://password.kaspersky.com/ru/
  2. Tekshirmoqchi bo‘lgan parolingizni «Test your password» maydonchasiga tering.
  3. Tekshiruv natijasini ko‘ring.

Parolni terish maydonchasining pastida, uni buzish uchun oddiy kompyuterda qancha vaqt kerak bo‘lishi aks ettiriladi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘n yildan kam bo‘lsa, uning o‘rniga boshqa – ishonchliroq parol tanlashni maslahat beramiz. Zero, saytda ko‘rsatilgani – parolingizni oddiy kompyuterda buzish uchun talab etiluvchi muddatdir; jiddiy qasd qilgan xakerlar esa uni bir necha kun ichida ham buza olishlari mumkin.

O‘QING: Xakerlar qanday kompyuter va operatsion tizimdan foydalanishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!