Pebble 2 va Pebble 2 SE – yangi seriyadagi aqlli soatlar (Video)

Pebble 2 va Pebble 2 SE – yangi seriyadagi aqlli soatlar (Video)

Pebble kompaniyasi shu yilning may oyida Kickstarter platformasida e’lon qilingan Pebble 2 va Pebble 2 SE soatlariga buyurtmalarni qabul qilishni boshladi.

Yurak pulsi sensori Pebble 2 seriyasidagi aqlli soatlarning asosiy yangiligi bo‘ldi. Shuningdek, yangi seriyada Corning Gorilla Glass oynasi va mikrofon ko‘zda tutilgan. Pebble saytida Pebble 2 cmart-soati Pebble 2 + Heart Rate nomi bilan yuritilmoqda. Bu bilan ishlab chiqaruvchi ushbu modelning yurak pulsini o‘lchaydigan xususiyatiga urg‘u berishni maqsad qilgan ko‘rinadi.

Pebble 2 SE (Standard Edition) modeli Pebble 2 + Heart Rate gadjetidan bir qadar arzonroq turadi va puls sensorining yo‘qligi bilan sherigidan farq qiladi.

Pebble 2 + Heart Rate – $129,9, Pebble 2 SE esa $99,99 narxida sotuvga chiqarilgan. Modellarga qarashli qo‘shimcha parametrlar bilan kompaniya saytida tanishib chiqish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!