Pepsi yangi smartfonini rasman taqdim etdi

Pepsi yangi smartfonini rasman taqdim etdi

O‘tgan oyda Pepsi kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishiga ishora qilgani haqida saytimiz xabar bergan edi. Kompaniya o‘z logotipi ostida yangi smartfonini, nihoyat, rasman taqdim qildi.

Pepsi Phonening qisqacha tavsifi

Smartfon 5,5 dyuymli displeyga ega. Ekran sig‘imi 1920x1080 piksel. 64 bitli, sakkiz yadroli MediaTek MT6792 protsessorining takt chastotasi 1,7 GGs. Tezkor xotirasi 2, doimiy xotirasi 16 Gb. Asosiy kamerasi 13, old kamerasi esa 5 megapikselli. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA·soat.

Metall korpusi va rangi

Apparatning korpusi metalldan ishlangan bo‘lib, o‘lchami 152,2x76,2x7,7 mm, og‘irligi 158 gr. Smartfon havorang hamda oltin va kumush rangida ishlab chiqariladi.

Barmoq izini skanerlash va tanish Android

Kelajakda ommalashishi aytilayotgan barmoq izini skanerlash funksiyasi mavjud. Smartfon Android operatsion tizimida ishlaydi.

Qancha turadi?

Hozirda smartfon ishlab chiqarishni moliyalash uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasi ketmoqda. Yakuniy narxi pul yig‘ilib, tadbir tugagach ma’lum bo‘ladi. Kuzatishlarga ko‘ra, bahosi 1299 yuan (200 dollar) atrofida bo‘lishi taxmin qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!