Philips Xenium E570 – kuchli batareyali telefon

Philips Xenium E570 – kuchli batareyali telefon

Philips kompaniyasi klassik monoblok form-faktoridagi kuchli batareyaga ega Xenium E570 modelini taqdim qildi. Telefonda mexanik klaviaturadan foydalanish mumkin.

Yangi modelga 3160 mA/st sig‘imidagi akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u bitta to‘liq zaryadlanishda so‘zlashuv rejimida 58 soat, kutish rejimida esa 170 kun ishlashi mumkin. Shuningdek, Philips Xenium E570 telefonini boshqa mobil qurilmalarni zaryadlashda ham ishlatish mumkin.

Telefon ikki SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi, 2,8 dyuymli (240X320 piksel) TFT matritsali ekranga ega. Unga 2 MPli kamera o‘rnatilgan, telefonda MP3-pleyer, fonar, FM-radio va Bluetooth A2DP moduli ko‘zda tutilgan. Telefon xotirasini microSD karta yordamida kengaytirish imkoniyati mavjud.

Philips Xenium E570‘ning gabaritlari – 133.5x58.6x15.7 mm, og‘irligi – 156 g. Yangi modelning narxi – 76 dollar.