PIDA assotsiatsiyasi: 2020 yilga borib 68% televizorlarga OLED ekran o‘rnatiladi

PIDA assotsiatsiyasi: 2020 yilga borib 68% televizorlarga OLED ekran o‘rnatiladi

Xalqaro PIDA (Photonics Industry & Technology Development Association) assotsiatsiyasi OLED ekranlarning ommalashishiga doir navbatdagi prognozni nashr qildi, deb yozmoqda IXBT sayti.

Assotsiatsiyaning baholashicha, 2020 yilga borib, jahon bozoridagi 68% televizorlar OLED ekran bilan jihozlanadi. O‘tgan yilda ishlab chiqaruvchilar jami qiymati 11,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan 260 mln dona OLED panellarni sotuvga chiqarganlar. Ushbu ko‘rsatkich joriy yilda 370 mln donaga, 2020 yilga borib esa 1,25 mlrd donaga yetishi aytilmoqda.

Shuningdek, PIDA assotsiatsiyasi Apple va Samsung kompaniyalarining Micro LED, QLED (Quantum dot LED) hamda egiluvchan OLED-panellar yaratayotganini alohida qayd qilib o‘tgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.