Pine64 kompaniyasi arzon Linux-noutbuklarni sotuvga chiqaradi

Pine64 kompaniyasi arzon Linux-noutbuklarni sotuvga chiqaradi

Pine64 kompaniyasi o‘tgan yili Pine A64 nomli bir platali Allwinner A64 ARM Cortex-A53 protsessorida ishlaydigan, narxi 15 dollardan boshlanadigan hamyonbop kompyuterni yaratgan edi. Bu gal esa u aynan ushbu protsessor bazasida ultra arzon noutbukni ishlab chiqarishga qaror qildi.  Pinebook nomli mazkur noutbuk Android va Linux-platformalarda faoliyat ko‘rsatadi.

Ferra caytining ma’lum qilishicha, Pinebook ikki xil versiyada (11,6 dyuymli va 14 dyuymli) tayyorlanadi. IPS texnologiyasida yaratilgan ekranning aniqligi Full HD formatida. Operativ xotirasining sig‘imi – 2 GB, sozlangan eMMC 5.0 to‘plagich esa 16 GB xotiraga ega. Noutbukda Wi-Fi (802.11b/g/n) va Bluetooth interfeyslari qo‘llab-quvvatlanadi, USB 2.0 va mini HDMI portlar, microSD va naushnik slotlari qo‘zda tutilgan.

11 dyuymli versiyaning narxi 89 dollar, 14 dyuymli versiya esa undan 10 dollarga qimmatroq!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!