Pixel 7 smartfonlari bilan sizga ortiqcha VPN dasturlari kerak bo'lmaydi

Pixel 7 smartfonlari bilan sizga ortiqcha VPN dasturlari kerak bo'lmaydi

Kecha Google kompaniyasi o'zining yangi avlod Pixel smartfonlarini taqdim qildi. Yaxshilangan dizayn va texnik xususiyatlardan tashqari smartfonlar eksklyuziv xususiyatlarga ham ega bo'lib, ulardan biri tekin VPN xizmatidir.

Google kompaniyasi Pixel 7 va Pixel 7 Pro egalari hech qanday to'lovlarsiz Google One'ning VPN xizmatidan foydalanishlari mumkinligini ma'lum qildi. Aslida Google One oyiga 9.99 dollarlik premium obuna bo'lib, u nafaqat VPN, balki 2TB bulutli xotira xizmatini ham taklif qiladi, ammo bu uchun Pixel 7 smartfonlari foydalanuvchilari ham pul to'lashlari kerak bo'ladi. Biroq, kompaniyaning qo'shimcha qilishicha, xizmat hamma mamlakatlarda ham ishlamasligi va hamma trafik ham VPN orqali o'tmasligi mumkin.

Bu Google o'zining Pixel'larini birinchi marta eksklyuziv xususiyatlar bilan chiqarishi emas: avvalgi telefonlar suratlarni bulutli xotiraga cheksiz zaxiralash xususiyatiga ega bo'lgan, ammo keyinchalik bu xususiyat yangi avlod Pixel'lariga qo'shilmagan.

O'QING: Pixel 7 va Pixel 7 Pro smartfonlari taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.