Pixelphone S1 – musiqasevarlar uchun hamyonbop smartfon

  •   DiMaX
  •  1280
  •  15.02.2018 17:53

Pixelphone S1 – musiqasevarlar uchun hamyonbop smartfon

Rossiyaning Pixelphone startapi joriy oyning boshida o‘zining ilk smartfoni – M1 modelini taqdim etgan edi. Kecha esa ikkinchi – hamyonbop Pixelphone S1 telefoni ham namoyish etildi.

O‘QING: Bozorlarimizdagi arzon smartfonlarning narxlari va xususiyatlarini solishtiramiz

Pixelphone S1 qurilmasi diagonali 5 dyuymlik ekranga ega, displey tasvir aniqligi esa 1280x720 pikselni tashkil etadi. Smartfon MediaTek MT6737 protsessori bazasida ishlaydi, unga yana Awinic audiochipi ham qo‘yilgan. Tezkor va doimiy xotiralari hajmi tegishlicha 2 hamda 16 gigabaytga teng, unga yana microSD formatli xotira kartasi qo‘ysa bo‘ladi.

Yangi smartfonning akkumulyatori 2000 mA/soat sig‘imga ega. 8 megapikselli asosiy kamerasi avtofokusga ega, selfi uchun esa 5 megapikselli kamera ajratilgan. Gadjet barmoq izi skaneri hamda 3.5 millimetrlik audiotirqish bilan ta’minlangan.

Pixelphone S1 ikkita SIM-karta bilan, Android Nougat operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Uni tez orada, 4990 rubldan (taxminan 87 AQSh dollari) boshlanuvchi narxlarda savdoga chiqarishmoqchi.

O‘QING: UMIDIGI Z2: iPhone X'ga "dam beradigan" yangi smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!