Poco M4 Pro 4G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco M4 Pro 4G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Agar siz uchun 5G tarmog‘i muhim bo‘lmay, asosiy faktor OLED displey bo‘lsa, u holda Poco M4 Pro 4G modelini tanlashingiz mumkin. 5G model bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, 4G model 5G imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Ammo ushbu modelga IPS LCD o‘rniga AMOLED displey o‘rnatilgan. 

Shuningdek, Poco M4 Pro 4G modeliga Dimensity 810 o‘rniga Helio G96 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, bu ham MediaTek kompaniyasiga tegishli chip hisoblanadi.

Ushbu chip Dimensity 810'ga qaraganda biroz kuchsizroq hamda 5G modemiga ega emas. Boshqa tomondan 4G model 6.43 dyuymli AMOLED displeyiga ega bo‘lib, u 5G modeldagi 6.6 LCD displeydan biroz kichikroq. AMOLED displey ham 90 gerts chastotada ishlaydi hamda yuqori yorqinlini taklif etadi. 

Foto: GSMArena

O‘zgarishlar kameraning texnik qismlarida ham davom etadi. 5G model 50MP asosiy kamerag ega edi, 4G modelga esa 64MP asosiy kamera o‘rnatildi. Shuningdek, 5G modelda makro kamera yo‘q edi, 4G modelga esa ushbu kamera o‘rnatildi. Ultrakeng hamda selfi kameralar o‘zgarishsiz qolgan. 

Smartfon 33 vattd quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Qurilmada infraqizil port, microSD uyasi va 3.5 mm audio jek mavjud. 

Poco M4 Pro 4G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 159.9x73.9x8.1mm, 179g; old panel shisha (Gorilla Glass 3), orqa panel plastik, plastik rom; IP53.

> Displey: 6.43 dyuyimli AMOLED, 90 gerts, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 409ppi zichlik. 

> Chipset: Mediatek Helio G96 (12 nm): Sakkiz yadroli (2x2.05 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2. 

> Xotira: 6/64GB, 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; UFS 2.2; microSDXC sloti. 

> OT/Daturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP f/1.8, 26mm, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 118˚, 1/4“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5, (keng), 1/3.06“ 1.0µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 33 vatt quvvatlash texnologiyasi, Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; infraqizil port; 3.5 mm audio jek. 

Qadoq tarkibi 

M4 Pro boshqa Poco smartfonlari kabi sariq qutida sotiladi. Quti ichidan smartfon bilan birga 33 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena 

O‘QING: realme GT2'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz