Poco X4 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Poco X4 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Poco F seriyasi smartfonlari arzonroq narx evaziga yaxshi texnik ko‘rsatkichlarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Ko‘rinishidan, Poco ushbu yechimni boshqa seriyadagi modellarda ham qo‘llashni boshlagan. X3 GT'ga qaraganda ancha takomillashgan Poco X4 GT modeli Poco F4'ga yaxshi muqobil variant bo‘la oladi.

Qurilmaga o‘rnatilgan MediaTek Dimensity 8100 chipi yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Ushbu chipning unumdorlik darajasi va quvvat samaradorligi Snapdragon 870 chipidan yaxshiroq. Unumdorlik borasida Dimensity 8100 hatto Snapdragon 888 chipiga yaqin kelishi mumkin.

Qurilma flagman chip bilan jihozlangan, ammo uning narxi flagman smartfonlardan ancha arzon. Xo‘sh bunga qanday erishilgan? Gap shundaki, X4 GT modeliga AMOLED o‘rniga LCD displeyi o‘rnatilgan. Shu yo‘l bilan qurilma narxini oshib ketishi oldi olingan.

Xiaomi Poco X4 GT'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.6x74.3x8.9mm, 200g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel plastik, plastik rom.

> Displey: 6.60 dyuymli IPS LCD, 144 gerts, HDR10, Dolby Vision, 500 nit yorqinlik (o‘rtacha), 1080x2460 piksel rezolyutsiya, 20.5:9 forma faktori, 407ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek Dimensity 8100 (5 nm): Sakkiz yadroli (4x2.85 GHz Cortex-A78 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G610 MC6.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, MIUI 13.

> Kamera: Asosiy kamera: 64 MP, f/1.9, 1/1.72“, 0.8µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.2, 120˚, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2 MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 16 MP, f/2.5, (keng), 1/3.06“, 1.0µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,080 mAs; 67 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi, 100% - 46 daqiqada (reklamaga ko‘ra), USB Power Delivery 3.0.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; 3.5 mm audio jek; stereo dinamik.

Qurilma displeyi LCD bo‘lsa ham uning texnik ko‘rsatkichlari yomon emas. Misol uchun, displey juda yorqin hamda 144 gerts ekran yangilanish chastotasi va Dolby Vision funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 270 gerts sensorli namuna olish chastotasi o‘yin o‘ynalyotganda ancha qulayliklar yaratib beradi.

Foto: GSMArena

GT nomini eshitilishi bilan qurilma o‘yinbop smartfon ekanligini bilib olish mumkin. Qurilmada yetti qatlamdan iborat grafitli sovutish maydoni mavjud. O‘yin ishqibozlari uchun muhim bo‘lgan 3.5 mm audio jek ham qurilma korpusidan o‘rin olgan.

Akkumulyator hajmi bo‘yicha qurilmada o‘zgarish kuzatilmagan. Smartfon 67 vattda quvvat oluvchi 5,080 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Demak, akkumulyator yetarli darajada katta, quvvlash tezligi ham yuqori.

Poco X4 GT modeliga 64 megapikselli asosiy kamera o‘rnatilgan. O‘tgan yilgi model bilan taqqoslaganda bu sezilarli o‘zgarish. Demak, qurilma deyarli barcha texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘shishga erishgan.

Qadoq tarkibi

X4 GT smartfoni Poco brendiga xos bo‘lgan qutida sotiladi. Quti ichidan smartfon bilan birga 67 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: Xiaomi Poco F4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!