PogoCam – istalgan ko‘zoynakka o‘rnatiladigan mitti kamera

PogoCam – istalgan ko‘zoynakka o‘rnatiladigan mitti kamera

Shu yilning sentyabr oyida Snapchat tarmog‘i sozlangan kameraga ega bo‘lgan Spectacles  ko‘zoynaklarini namoyish qilgan edi. Yaqinda esa bunday funksiyadan foydalanmoqchi bo‘lgan, biroq o‘zining sevimli qo‘zoynaklaridan ayrilishni istamagan foydalanuvchilar uchun PogoCam nomli mitti kamera tayyorlandi.

SLash Gear saytining yozishicha, ushbu mittigina kameraning o‘lchamlari – 10,9 x 12,5 x 42,8 mm.  U 5 MPli sensor bilan jihozlangan, sozlangan doimiy xotirasiga 100 tagacha suratni yoki Full HD formatida yozilgan ikki daqiqali videoni saqlash mumkin. Shu bilan birga, kamerada 12 soniyali kliplarni olish imkoniyati ham mavjud.

443465-1205x720

Kamera bitta tugma yordamida boshqariladi, fayllarni Bluetooth yoki kabel orqali uzatish mumkin.

PogoCam SES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etiladi, narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!