Portalga kirish endi barcha uchun bepul bo‘lishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1754
  •  01.05.2019 10:21

Portalga kirish endi barcha uchun bepul bo‘lishi mumkin

O‘zbekistondagi operatorlar va provayderlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kirishni 1 iyuldan bepul qilishi mumkin. Bu Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: Uzmobile davlat saytlaridan bepul trafikda foydalanishni joriy qildi

Xabarda aytilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad telekommunikatsiya tarmoqlarining jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bartaraf etib, davlat elektron xizmatlaridan foydalanish hamda hududlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlarini oshirish hisoblanadi.

Hujjatga ko‘ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda sayyohlik ob’yektlarida, xususan, 2019 yilda Samarqand, Buxoro va Xiva ob’yektlarida davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida ommaviy Wi-Fi nuqtalarini bosqichma-bosqich tashkil etish vazifasini yukalatish rejalashtirilgan.

Olis va qishloq aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari uchun davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratgan operatorlar va provayderlar uchun (mobil operatorlar bundan mustasno) 10 yil davomida quyidagilarga kafolat beriladi:

  • Ushbu aholi punktlaridagi byudjet tashkilotlari va davlat unitar tashkilotlariga ularning xizmatlaridan foydalanish;
  • Ulanish nuqtasidan qat’i nazar «O‘zbektelekom» kompaniyasining yagona tariflari asosida internetdan foydalanish;
  • Ushbu tashkilotga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiya ob’yektlarini, shuningdek, mintaqadagi davlat va boshqa yuridik shaxslarni joylashtirish uchun bo‘sh joy va infratuzilmani bepul taqdim etish.

Hujjatda, shuningdek, operatorlar va provayderlarga qator imtiyoz va preferensiyalar berish rejalashtirilgan.

O‘QING: Portalda endi davlat byudjetining ijrosini ham kuzata olasiz!