Prezident ba’zi maktablarda informatika fani hali hamon eski dasturlash tili asosida o‘tilayotganini tanqid qildi

Prezident ba’zi maktablarda informatika fani hali hamon eski dasturlash tili asosida o‘tilayotganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda umumta’lim maktablarida axborot texnologiyalarining joriy etilishini ham qoniqarli emasligini, ba’zi maktablarda informatika fani hali hamon eski dasturlash tili asosida o‘tilishi, bir qator kompyuter jihozlari yaroqsiz holga kelib qolganini ta’kidlab o‘tgan.

Shuningdek, yig‘ilishda maktablarda kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasini tanqidiy o‘rganib, ularni jihozlash bo‘yicha aniq manzilli dasturlar ishlab chiqish, informatika fanini o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Bundan tashqari, yig‘ilishda hududlar talabidan kelib chiqib, litsey va kollejlarning bo‘shagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish, 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish, maktab avtobuslari bilan tizimli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

O‘QING: O‘zbekistonliklar IT-mahsulot va yechimlarni qidirib topishga qaratilgan forumda qatnashadi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!