Prezident elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident elektron hukumat to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Sarlavhadagi xabarni uzdaily.uz  tarqatdi. Eslatib o‘tamiz: Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi 18 noyabr kuni qonunni qabul qilgan, 3 dekabr kuni Senat tasdiqlagan edi. Qonun nashr qilingan kundan 6 oy o‘tib kuchga kiradi.

Qonun hujjati davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalari vositasida aholiga davlat xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

Qonun davlat organlari faoliyati ochiq va oshkoraligi tamoyillarini mustahkamlaydi, elektron tarzda hujjat almashuv imkoniyatini kengaytiradi.

Qonunda elektron xizmat ko‘rsatuvchi davlat organlarining vazifa va vakolatlari hamda fuqaro, jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari belgilab qo‘yilgan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!