Prezident maktablarida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan fan ham o‘qitiladi

Prezident maktablarida  axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan  fan ham o‘qitiladi

Prezident maktablari STEAM (Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)) fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov aytib o‘tgan.

Shuningdek, Xalq ta’limi vaziri Prezident maktablarining asosiy maqsadi mamlakatimizning har bir viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning rivojlanishiga kerakli sharoitlar yaratish ekanligini,  Prezidentimizning tashabbusiga ko‘ra birinchi maktab Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tashkil etilishi, shuningdek, Prezident maktablari bosqichma-bosqich mamlakatimizning boshqa hududlarida ham ochilishini aytib o‘tgan.

“Prezident maktablarida o‘quvchilarni tanlash va ta’lim sifatini ta’minlash uchun ularni xorijlik mutaxassislar boshqaradilar. Shu bilan birga, maktabga malakali xorijlik hamda mahalliy pedagoglar jalb etiladilar va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi”, - dedi Shermatov.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Prezident maktablarini tashkil etishni Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda e’lon qilgan.

O‘QING: 2021 yilgacha O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘lari oshiriladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!