Prisma ilova-dasturi dizayni o‘zgardi va ikki barobar tezlashdi

Prisma ilova-dasturi dizayni o‘zgardi va ikki barobar tezlashdi

Prisma fotomuharririning Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilovasi chiqib ulgurmasidan, mobil dasturning iOS-qurilmalar uchun mo‘ljallangan versiyasi yaxshigina yangilandi, deya xabar bermoqda Droider.ru.

Ilovaning eng yangi versiyasi suratlarni avvalgidan ham tezroq qayta ishlaydi va yangi interfeysga ega. Dizayndan tashqari, ilova-dastur suratni qayta ishlash izchilligini tartibga solishni ham o‘rgandi.

So‘nggi yangilanishdan so‘ng fotomuharrirdagi filtrlar soni yana beshtaga ko‘paydi. Bundan tashqari, Prisma’da filtrlar lentasi ham paydo bo‘lgan bo‘lib, uning yordamida qoliplardan foydalanib ko‘rish yanada oson va tezroq bo‘ladi.

26907c8729d334-1-640x376

Startap asoschilaridan biri hisoblangan Aleksey Moiseyenkovning so‘zlariga ko‘ra, neyron tarmoqlar yordamida suratlarni qayta ishlash tezligi ikki barobar ortgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Prisma mobil dasturining Android-qurilmalar uchun mo‘ljallangan versiyasi iyul oyi oxirigacha chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.