Putao – smartfon ilovasi orqali yig‘iladigan kubik

Putao – smartfon ilovasi orqali yig‘iladigan kubik

Xitoyning lightinthebox.com internet do‘konida Putao nomli aqlni charxlaydigan ajoyib gajdetning sotuvi boshlandi. Qizig‘i, ushbu kubikni smartfon ilovasi yordamida yig‘ish mumkin.

Kubik xavfsiz plastikdan yasalgan, konstruksiyaning asosiy rangi oq, og‘irligi 110 gramm.

Kubikning birlamchi vazifasi foydalanuvchida fikrlash ko‘nikmasini oshirish, fazoviy masalalarni yechishdagi reaksiyasini tezlashtirishdir.

1474213150372

Kubik ham bolalarga, ham kattalarga yaxshi sovg‘a bo‘lishi mumkin. Chunki mazkur kubikni yig‘ish o‘yini smartfon va planshetdagi virtual o‘yinlardan ancha samarali. Sababi bu o‘yinda foydalanuvchi real o‘yin atributiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi kubikni 3 yoshdan katta bolalarga tavsiya qilgan.

O‘yinning qisqacha mazmuni quyidagicha: agar kubikni mustaqil tarzda to‘g‘ri yig‘ishni imkoni bo‘lmasa, unda siz Android yoki iOS platformasidagi ilova yordamida uni yig‘ishingiz mumkin. Buning uchun ilovada kubikning biror tomonini rasmga olasiz, shundan keyin dastur sizga kubikni yig‘ish uchun keyingi bosqichlarni taklif qila boshlaydi. Natijada ma’lum vaqt o‘tgach, o‘zingiz mustaqil kubikni yig‘ishni o‘rganasiz.

Kubikning internet-do‘kondagi narxi 9,99 dollarni tashqil qiladi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!