Qayiqlarning yangi avlodi

Qayiqlarning yangi avlodi

Yevropalik muhandislar havo yostiqlari ustida suzuvchi qayiqlarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib boryapti va uning dastlabki nusxasi ham tayyor bo‘ldi. Bunday mashinalarning boshqaruv tizimi takomillashtirilib, ularning burilish chog‘idagi og‘ishi kamaytirildi.

Amfibiya tipidagi bu kabi mashinalar havo yostiqlari ustida suvda suzadi va quruklikda harakatlanadi. Ular atrof-muhitni o‘rganish, turli sinov ishlarini olib borish, neftning suvga to‘kilishi aniqlashda foydlanish uchun qulay.

Muhandislar ularni boshqarishni yanada osonlashtirish bo‘yicha olib boryapti. Havo yostiqlari ustida suzuvchi qayiq shuningdek toshqinlar chog‘ida qutqaruv operatsiyasini amalga oshirishda qo‘l keladi. Hozir bunday qayiqlardan Venetsiya sohilarini qo‘riqlashda foydalanilyapti.

Aytish kerakki, yirik tabiiy ofatlar, favqulodda hodisalar ro‘y berganda ularni dunyoning turli mintaqalariga olib borish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.