Qaysi mamlakat aholisi eng ko‘p televizor tomosha qiladi?

Qaysi mamlakat aholisi eng ko‘p televizor tomosha qiladi?

Internet jamiyat hayotiga kirib boribdiki, televizorga e’tibor susaydi. Ammo shunga qaramasdan, bir qancha mamlakatlar aholisi hozir ham televizor ko‘rishga sodiq qolmoqda. 2015 yil oxirida Ofcom kompaniyasi qaysi mamlakatlarda televizor haligacha mashhurligini o‘rganib natijani taqdim etdi. Tadqiqotda Yevropa mamlakatlaridan tashqari jahonning bir nechta yirik davlatlari ishtirok etdi.

Natijaga ko‘ra AQSh fuqarolari televizorni eng ko‘p ko‘rar ekan. O‘rtacha fuqaro bir kunda 4 soat 42 daqiqa vaqtini oynai jahon oldida o‘tkazadi.

Ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya bo‘lib, 3 soat 40 daqiqa vaqtni televizor olar ekan. Televizorni eng kam tomosha qiladiganlar Xitoy va Shvetsiyada yasharkan.

Batafsil ma’lumot ushbu interfaol xaritada.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!