Qaysi smartfon birinchi Full HD aniqligidagi ekranga ega bo‘lgan?

Qaysi smartfon birinchi Full HD aniqligidagi ekranga ega bo‘lgan?

Garchi hozirda Quad HD (2560×1440 piksel) formatidagi ekranga ega smartfonlar ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab brendlar haligacha Full HD (1920x1080 piksel) aniqligidagi displeylarni afzal ko‘rishmoqda. Bunga sabab mazkur format insonning ko‘rish qobiliyati uchun talab etilganidan ham yetarli miqdorda ekanligidir. Full HD aniqligi ko‘plab displeylar uchun eng optimal format hisoblanadi.

Phonearena nashrining yozishicha, Full HD (1920x1080 piksel) formatidagi ekran ilk marotaba 2012 yilda HTC DROID DNA modelida ishlatilgan. Smartfon Gorilla Glass 2 shishasi bilan himoyalangan 5 dyuymli ekranga ega bo‘lgan. Ekranning har bir dyuym maydonida 441 piksel joylangan. O‘sha davr uchun mazkur displey juda ilg‘or (hozirda ham yomon emas) ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtirgan.

HTC DROID DNA birinchi bo‘lib AQShning Verizon aloqa operatori tomonidan sotuvga chiqarilgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!