Qanday qilib Amigo brauzerini kompyuterdan to‘liq o‘chirish mumkin?

Qanday qilib Amigo brauzerini kompyuterdan to‘liq o‘chirish mumkin?

Amigo brauzeri haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak, bu brauzer Mail.ru Group mahsuloti hisoblanadi. Ko‘pchilik bu brauzerni o‘rnatmaydi, lekin o‘zidan o‘zi kompyuterga o‘rnatilib qoladi yoki qiziqish uchun o‘rnatib ko‘rishadi, lekin qanday qilib o‘chirishni bilishmaydi. Nima sababdan o‘chirish kerak? degan savol tug‘ilishi tabiiy, chunki bu brauzer bir necha ijtimoiy tarmoqlar bilan birga ishlaydi, barchasi bilan ulanib turadi, qandaydir yangilanishlarni avtomat ko‘chirib turadi, xullas katta hajmdagi traffigingizni yeb qo‘yadi. Yaxshilab sozlash ishlarini olib borsangiz, bunday bo‘lmasligi mumkin, lekin uni sozlagandan ko‘ra, boshqa brauzerni ishlatish mani fikrimcha yaxshiroq.

Bu mavzu haqida yozish niyatim yo‘q edi, lekin ko‘pchilik aynan shu haqida so‘rashmoqda, Amigo brauzeri kompyuterimga avtomat o‘rnatilib qolibdi, qayerdan keldi, qanday qilib o‘chirib tashlasam bo‘ladi, o‘chirsam ham yana paydo bo‘lib qolmoqda degan savollar ko‘payib ketti.

Bu brauzer biror dastur yoki exe faylni internetdan ko‘chirib olib, kompyuterda ishga tushirganingizda avtomat o‘rnatilib qolmoqda, lekin o‘rnatish haqida ko‘rimsiz tarzda ogohlantiradi, ahamiyat bermasangiz, avtomat yuklanib, ishni boshlab yuboradi, qo‘shimcha dasturlarni(ijtimoiy tarmoq dasturlarini) ham o‘rnatib tashlaydi.

Demak, Amigo brauzerini o‘chiramiz, uning uchun dasturlarni o‘chiradigan oynani ochib olamiz:

Pusk -> Panel upravleniya -> Programmi i komponenti

amigo

yana bir yo‘li, «Win+R» ichiga «appwiz.cpl» deb yozamiz.

appwiz

O‘rnatilgan dasturlar ichidan «Amigo» dasturini tanlaymiz va sichqoncha o‘ng tomonini bosib, «Udalit» buyrug‘ini bosamiz. Shundan so‘ng, dastur kompyuterdan o‘chirilishni boshlaydi, lekin to‘liq o‘chmaydi, chunki Mail.ru Update protsessi ishlayveradi.

Yendi, qolib ketgan protsessni o‘chiramiz, «Dispetcher zadach» oynasini chaqiramiz, uning uchun CTRL+ALT+DEL yoki CTRL+SHIFT+ESC tugmalari bosiladi. «Protsessi» vkladkasiga o‘tiladi va «Mail.ru Update» protsessi tanlanadi. Sichqoncha o‘ng tomoni bosilib, «Otkrit mesto xraneniya fayla» buyrug‘i tanlanadi, shundan so‘ng Mail.ru Update protsessi ishlayotgan papka ochiladi, bu faylni o‘chirib bo‘lmaydi, chunki ishlamoqda, lekin ochilgan bu papkani yopib yubormang, birozdan keyin kerak bo‘ladi.

Protsess ishini tugatamiz, «Dispetcher zadach» oynasiga qaytib, «Mail.ru Update» protsessi tanlab, sichqoncha o‘ng tomonini bosib, «Zavershit protsess» buyrug‘ini tanlaymiz va protsessni to‘xtatamiz.

mail_ru_update_protsess

shundan so‘ng, ochiq holda turgan papka ichidagi «MailRuUpdate.exe» faylini o‘chirib tashlaymiz.

Oxirgi qadam,Windows operatsion tizim «avtozagruzka«sidan olib tashlaymiz. Uning uchun quyidagi joyga kiramiz:

Win+R -> msconfig

«Avtozagruzka» vkladkasiga o‘tib, «MailRu Update» yozuvini topamiz va belgilashni(ptichka) olib tashlaymiz, so‘ng kompyuterni qayta yuklaymiz.

msconfig_mailruupdate

Shu ishlarni bajarsangiz, Amigo brauzeridan qutulgan bo‘lasiz, agar savollar bo‘lsa, ularni ask.akmx.uz saytiga yozing, javob topasiz degan umiddaman

Manba: ITportal.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!