Qanday qilib kompyuterga 2 ta monitor ulash mumkin

Qanday qilib kompyuterga 2 ta monitor ulash mumkin

Hozirgi kunda bitta kompyuterga ikkita monitor ulash holatlari ko‘p uchrab turibdi, buning asosiy sabablaridan biri ish jarayonini qulaylashtirish va vaqtdan yutishdir. Ikkita monitor, bir necha oynalar bilan ishlash imkonini yengillashtirdi(bir vaqtning o‘zida juda ko‘p oynalarni ochish noqulaylik tug‘dirmaydi), dasturchilar uchun, yozilgan kod natijalarini darhol ko‘rish imkonini paydo qildi
(bitta monitorda kod yoziladi, ikkinchisida natija ko‘riladi), kompyuterda o‘yin o‘ynovchilar uchun esa, o‘yinga bo‘lgan qiziqishni orttirdi.

Kompyuterga ikkinchi monitorni fizik ulash uchun, quyidagi ulanishlardan birini amalga oshirish lozim:

1. Bir necha portga ega videokarta orqali.

videokarta_portlar

Bitta videokartada bir necha portlar mavjud bo‘lib, ular alohida-alohida ishlaydi. Bu portlar VGA, HDMI, DVI bo‘lishi mumkin:

dvi_hdmi_vga

Har bir monitor bu portlardan biriga ulanadi va alohida-alohida ishlaydi. Hozirgi kunda bunday videokartalarni topish muammo emas, lekin bu videokarta ishdan chiqsa, ikkala monitor ham ko‘rsatmaydi.

2. Ikkinchi monitorni splitter orqali ulash. Agar videokartada bir nechta port mavjud bo‘lmasa, videosignallarni ikkiga bo‘lib beruvchi splitter kabellardan foydalanish mumkin, kirish bitta chiqish ikkita.

splitter_2

Splitterlarni har xil portlilari mavjud. Bu usul ikkita monitor ulashning eng ommabop usuli hisoblanadi. Arzon variant.

3. Qo‘shimcha videokarta ulagan holda. Buning uchun kompyuter platasida(materinskaya plata), ikkinchi monitor uchun raz’yem bo‘lishi lozim.

2_videokarta

Alohida-alohida ikkita videokartaga monitor ulanadi.

Fizik ulanish usullarini ko‘rib chiqdik, endi sozlashlarni ko‘ramiz.

Dastlab, qaysi monitor asosiy ekanligini aniqlab olishimiz lozim. Asosiy monitor bu — kompyuter yonganda yoki yonayotganda ishlatiladigan va asosiy «yarlik«lar(Moy kompyuter,…) joylashadigan monitordir.

Kompyuter yongandan so‘ng, quyidagi adresga kiramiz(Windows 7 tizimi uchun):
PUSK -> PANEL UPRAVLENIYa -> EKRAN — > NASTROYKA PARAMETROV EKRANA.

nastyorka

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ikkita monitor ulangan. «Opredelit«tugmasi orqali qaysi monitor asosiyligini bilib olish mumkin. Sozlash ishlari shu joyda amalga oshiriladi.

Win+P tugmasini bosgan holda, ikkita monitorni qanday qilib ishlatishni sozlash mumkin.

win_p

Bu rasm orqali quyidagilarni belgilash mumkin:

— tolko kompyuter. Faqat bitta asosiy monitor ulanadi;

— dublirovat. Asosiy monitor ikkinchi monitorga nusxalanadi. Asosiy monitorda nima bo‘lsa, ikkinchisida ham shu ko‘rsatiladi(ko‘rgan bo‘lsangiz, paynet shaxobchalarida shu usuldan foydalanishadi, nomerni kliyentga ko‘rsatish uchun);

— rasshirit. Ekranni uzunlashtiradi, ya’ni ikkita monitorda har xil ishlarni bajarish mumkin bo‘ladi(dasturchilar, o‘yinchilar uchun qulay);

— tolko proyektor. Proyektorlarni ulash uchun ishlatiladi.

Kerakli variantni tanlang va rohatlanib ishlang.

Manba: ITportal.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!