Qanday qilib «Siniy ekran smerti» (BSOD) muammosidan qutulish mumkin?

Qanday qilib «Siniy ekran smerti» (BSOD) muammosidan qutulish mumkin?

«Siniy ekran smerti« xatosi haqida oldingi maqolada yozib o‘tdim, ya’ni bu xatolikni yuzaga kelish sabablari to‘g‘risida. Sabablarini bilib oldik, endi bu xatoni qanday bartaraf etish kerakligini ko‘rsatib o‘taman. Bu muammoni yechish uchun, xatolik kodini bilib olish lozim. Ko‘p hollarda bu xato ekranga chiqib, darhol kompyuter qaytadan yuklanadi, bu holatda siz xatolik kodini yozishga ham ulgurmaysiz. Bunday bo‘lishiga sabab, operatsion tizim sozlashida shunday berilgan. Bunday bo‘lmasligi uchun, quyidagi amalni bajarib qo‘yishimiz lozim.

Windows XP uchun:

Pusk — Nastroyka — Panel upravleniya — Sistema — Dopolnitelno — Zagruzka i vosstanovleniye — Parametri- Otkaz sistemi.
Windows 7,8 uchun:

Pusk — Panel upravleniya — Sistema — Dopolnitelnie parametri sistemi —(vkladka)Dopolnitelno — (razdel) Zagruzka i vosstanovleniye» — Parametri.

BSOD_1

«Vipolnit avtomaticheskuyu perezagruzku«dan belgilashni olib tashlang.

Shundan so‘ng, xatolik chiqganda bemalol kodini yozib olishingiz mumkin, xatolik kodi ekranning pastki qismida bo‘ladi va «0x0000008ye» ko‘rinishida beriladi. Xatolik kodi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, internet orqali qanday xatolik sodir bo‘lganini bilib olishingi mumkin.

Xatolik aniq bo‘lgandan so‘ng, muammoga qarab quyidagilarni bajarishingiz mumkin.

1. Agar muammo biror drayverda bo‘lsa, yaxshilab o‘ylab ko‘ring, yaqin kunlar ichida qanday drayver o‘rnatgansiz. Agar tizimga kirishning imkoni bo‘lmasa, «bezopasniy rejim» orqali kirib(F8 tugmasini bosgan holda), o‘sha drayverni o‘chirib tashlang yoki eski versiyasiga qayting(otkat). Siz o‘rnatgan drayver, aynan siz hohlagan qurilmaning drayveri bo‘lmasligi ham mumkin, bu holda shu qurilmaning saytiga kirib, o‘z drayverini ko‘chiring va o‘rnatib oling.

2. Agar drayverlarni yangilaganingizdan so‘ng ham, bu xatolik chiqsa, Windows’ning yangilanmagan versiyasiga qayting (Otkatit obnovleniya Windows). Bu holda barcha sozlash va yangilanishlar ko‘rsatilgan sanaga qaytadi.

3. Agar bir necha dasturlar bir — biri bilan ishlay olmayotgan bo‘lsa, ulardan birini o‘chiring yoki yangi versiyasiga almashtiring, ko‘p hollarda antivirus dasturlari bu holga olib keladi. Undan tashqari, agar mavjud bo‘lsa, fayrvol dasturlarini ham tekshirib chiqing. Bu dasturlarni topishda, ularni qanchalik tizimga bog‘liqligini e’tiborga oling.

4. Agar sabab virusdan bo‘lsa, biror LifeCD antivirus diskini topib, tizimni virusdan tekshirib chiqing.

5. Operatsion tizim fayllari buzilgan bo‘lsa, ya’ni kod xatoligi shuni anglatsa, tizimni qayta tiklang, bu holda tizim fayllari yangilanadi.

6. Qattiq diskda bo‘sh joylarni ko‘paytiring, kerakmas yoki vaqtinchalik fayllarni o‘chirib tashlang.

7. Operativ xotira, qattiq disk(vinchester)larni har xil test dasturlari orqali tekshirib chiqing, kerak bo‘lsa almashtiring. Test dasturlari orqali barcha kichik xatolarni ham aniqlab olishingiz mumkin. Agar tizimga kirib bo‘lmasa, yuklanadigan test dasturlari ham bor(tizim yuklanmasdan shu dastur yuklanadi).

8. Kompyuter ichini ochib, ventilyator va radiatorlarni tekshirib chiqing. Kompyuter elementlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

9. Agar hech qaysi yo‘l bilan bu xatoni yo‘qotaolmasangiz, operatsion tizimni qaytadan o‘rnating, lekin asosiy disk(S) ichidigi fayllaringizdan ayrilib qolasiz.

Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, bu xatolikning eng asosiy sababi, xato o‘rnatilgan drayver yoki qurilmalarning nosozligi.

Ba’zi hollarda, kompyuterni o‘chirib yoqqandan so‘ng, bu xatolik yo‘qolib ketadi, ko‘pchilik bo‘ldi xato yo‘q deb o‘z ishlarini davom ettiraverishadi, lekin bu yaxshi emas, xato chiqdimi demak nimadir noto‘g‘ri ishlamoqda, buni sababini topish lozim.

Barcha xatoliklarni, operatsion tizim damp fayl qilib yig‘ib boradi, agar siz xatolik chiqgan paytda, xato raqamini yozib olishga ulgurmagan bo‘lsangiz, shu damp fayl orqali bilib olishingiz mumkin.

Maxsus damp fayllarni o‘quvchi utilita mavjud, bu utilita BlueScreenView deb nomlanadi. Utilita orqali barcha tizim hosil qilgan barcha damp fayllarni o‘qishingiz mumkin.

bluescreenview

Manba: ITportal.Uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!