Qandli diabet bemorlariga mo‘ljallangan K’Track Glucose soati 2018 yilda sotuvga chiqadi

Qandli diabet bemorlariga mo‘ljallangan K’Track Glucose soati 2018 yilda sotuvga chiqadi

Kuni kecha yakunlangan CES 2017 ko‘rgazmasida PKvitality kompaniyasi qand kasalligiga chalingan bemorlarga mo‘ljallangan K’Track Glucose soatini namoyish qildi. Soat biroz noodatiy, biroq juda ham muhim vazifani bajaradi – u qondagi glyukoza darajasini va uglevod almashinuviga salbiy ta’sir qiladigan boshqa biomarkerlarni o‘lchaydi.

Uzunligi 0,5 mm bo‘lgan igna yordamida treker bir sutkada 30 tagacha o‘lchovlarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu gadjet qand kasaliga yo‘liqqan bemorlarga salomatlikni ushlab turishga yordam berishi aytilmoqda.

K’Track Glucose 2018 yilda $200 narxida sotuvga chiqishi ma’lum qilingan.

Manba: 4PDA