Qarshi oling: ilk telefon-spinner! (+video)

  •   DiMaX
  •  1705
  •  07.10.2017 12:48

Qarshi oling: ilk telefon-spinner! (+video)

Spinnerlar – butun dunyoda ommalashgan o‘yinchoq-gadjetlar tez orada urfdan chiqadi, deyishmoqda mutaxassislar. Ammo xitoyliklar uni yanada ommalashtirish yo‘lini topishdi – telefon-spinner yaratishdi!

Xitoyliklarning mazkur mo‘’jaz gadjeti – g‘ayrioddiy korpusli oddiy tugmachali telefon bo‘lib, Chilli K188 deb nomlanadi. Antiqaligi shundaki, xuddi spinnerdagi kabi, o‘rtasida ushlab aylantiriladigan tugmasi bor.

Chilli K188 telefonining funksiyalari minimal darajada kam. Lekin, spinner qilib o‘ynashdan tashqari, undan qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabarlar yozish ham, hatto internetga kirish ham mumkin.

Chilli K188 spinnerfonining asosiy xususiyatlari:

  • Chipset: SC 6531E
  • Tezkor xotira: 32 MB
  • Ichki xotira: 32 MB; 8 GBgacha hajmli microSD qo‘yish mumkin
  • Ekran: 1 dyuym, 128x96 nuqtali, TFT
  • O‘lchami: 96X40X12mm
  • SIM-karta joyi: bitta, Micro-SIM
  • Aloqa: 2G:GSM 850/1800 i 900/1900
  • Akkumulyator: 280 mA/soat
  • Bluetooth: bor

Mana, quyidagi videotavsifga e’tibor bering-da:

Chilli K188 besh xil – tillarang, pushti, moviy, qizil va qora rangli korpuslarda ishlab chiqarilgan. Uning narxi 18 AQSh dollarini tashkil etadi, biroq mazkur devays hozircha AliExpress onlayn do‘konida sotuvga qo‘yilmagan. Agarda spinnerfon sizga yoqib qolgan bo‘lsa, bizni kuzatib boring – bu borada yangilik bo‘lib qolsa, albatta xabar beramiz.