Qarshi oling, yangi model: Android Go’ da ishlaydigan Meizu smartfonlari FCC sertifikatsiyasidan o‘tdi

  •   Saroy
  •  1097
  •  12.05.2018 14:01

Qarshi oling, yangi model: Android Go’ da ishlaydigan Meizu smartfonlari FCC sertifikatsiyasidan o‘tdi

Meizu 15 smartfonining yubiley lineykasi anonsidan so‘ng, kompaniya  jurnalistlarga, Android Go boshqaruvi ostida arzon qurilma tayyorlayotganini ma’lum qildi. Yaqinda ushbu yangi mahsulotning  FCC sertifikatsiyasidan o‘tgani haqda xabar tarqaldi.

O‘QING: Meizu’ning navbatdagi flagmani surati internetga chiqdi

Hozircha nima ma’lum?

Amerika regulyatorining ma’lumotlar bazasida M810L va M809L’ raqamli ikkita Meizu smartfoni paydo bo‘ldi,   Bu – Meizu M8c (u haqda yaqinda yozishgan edi), Ikkinchisi esa, mish-mishlarga qaraganda Meizu M8c Lite  — Android Go’ da ishlab chiqaruvchilarning byudjet qurilmalari. Sertifikatsiyaga ko‘ra, yangi mahsulot 1 GB OZU va 8 GB PZU. Bunday tashqari, devaysning asosiy kamerasi 8 Mp va old kamerasi 5 Mp bo‘ladi. Oddiy versiya (M810L), o‘z navbatida, operativ xotirasi 2 GB’ ga kuchaytirilgan va asosiy kamerasi 13 Mp’ga kuchaytirilgan. Afsuski, smartfon haqida  bundan boshqa ma’lumot berilmagan. 

 

Qachon sotuvga chiqadi?

Agar ikkalovi ham sertifikatsiyadan o‘tgan bo‘lsa, demak yaqin orada taqdimotini ko‘ramiz. Ushbu ikkala modeldan tashqari, yana  Meizu M8 (M811Q) ni ham namoyish qilishi mumkin, kutaylik-chi.

Manba: Gizmochina

O‘QING: Bir yillik kafolatli Meizu M6 Note narxlari (2018 yil 10 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!