Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatidagi Wi-Fi zonasi mavjud joylar

Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatidagi Wi-Fi zonasi mavjud joylar

“Darakchi” nashri Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rnibosari A.Fayzullayev viloyatlardagi Wi-Fi zonalar mavjud hududlar haqidagi ma’lumotini chop etdi. Unda yozilishicha, hozirda hukumat topshirig‘iga asosan Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatidagi aeroport, vokzal, mehmonxona va boshqa sayyohlik ob’yektlarida Wi-Fi zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan barcha fuqarolar tegishli tartibda foydalanishlari mumkin. Ana shu hududlar bilan tanishing:

Xorazm viloyatida: “Ichan qal’a” muzeyi, Urganch shahri aeroporti va Urganch shahri Markaziy temir yo‘l vokzali;

Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Abu Ubayda ibn al Jarroh” majmuasi, shahar O‘lkashunoslar muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Dorus-saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko‘k gumbaz” majmuasi, Amir Temur muzeyi;

Surxondaryo viloyati: Termiz shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “Al-Hakim at-Termiziy avliyo ota” maqbarasi;

Toshkent viloyati: “Chinaras” restorani, “Xumson”, “Archazor”, “Kumushkon”, “Gornyak” MTMK, “Xo‘jakent” dam olish hududlari, Yangiobod Chotqol Marvarid” sayyohlik markazi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lov kartalari yordamida Wi-Fi tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha ob’yektlarda internet xizmatidan foydalanish mumkin. Xizmatlarga ulanish va to‘lov kartalarini sotish “O‘zbektelekom” AK savdo ofislari, mehmonxona va sayyohlik ob’yekti ma’muriyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Qolaversa, to‘lov kartalarini “Matbuot tarqatuvchi” AK shoxobchalaridan ham harid qilish mumkin.

Manbaning yozishicha, joriy yilda “O‘zbekturizm” MK bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarining sayyohlar gavjum bo‘ladigan 40 ta ob’yektda ham Wi-Fi texnologiyasi joriy etiladi.