Qaysi biri ko‘proq sevimli: Huawei P20 Pro yoki Xiaomi Mi Mix 2s?

Qaysi biri ko‘proq sevimli: Huawei P20 Pro yoki Xiaomi Mi Mix 2s?

Zamonaviy qurilmalar haqida ma’lumot tarqatishi bilan tanilgan GSMArena o‘z foydalanuvchilaridan aprel oyida sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Huawei P20 Pro va Xiaomi Mi Mix 2s'dan qaysi birini ko‘proq yoqtirishi haqida so‘rab ko‘rdi.

O‘tgan oy har ikki qurilma e’lon qilingandan so‘ng GSMArena o‘z saytida foydalanuvchilar fikrini bilish maqsadida so‘rovnoma tashkil qildi. Bir hafta davom etgan so‘rovnomada jami 11,893 nafar foydalanuvchi ishtirok etdi. Natija esa biz kutgandan umuman o‘zgacha bo‘ldi, deb yozmoqda GSMArena.

So‘rovnoma hisoblariga ko‘ra foydalanuvchilar har ikki qurilmani ham birdek yoqtirgan, ya’ni sotuvga chiqarilishi orziqib kutilayotgan qurilmalar atigi 7 ta ovoz farq bilan teng natijani qo‘lga kiritgan.

Huawei P20 Pro 5,943 ta foydalanuvchi tomondan yoqtirilgan bo‘lsa, Xiaomi Mi Mix 2s 5,950 nafar foydalanuvchiga manzur bo‘lgan.