Qizib ketmaydigan batareya ishlab chiqildi

Qizib ketmaydigan batareya ishlab chiqildi

Stenford universiteti olimlari ko‘p ishlasa-da, aslo qizib ketmaydigan litiy-ionli batareyani ishlab chiqdi. Mazkur texnologiya aynan shu turdagi akkumulyatorlardan quvvat oluvchi smartfon, planshet, xoverbord va boshqa qurimalar uchun mutlaqo xavfsiz, deb yozadi Eureka Alert.

Hayot uchun xavfli batareyalar

Ommaviy axborot vositalarida akkumulyatorning qizishi va shu sabab, kelib chiqqan ko‘ngilsiz holatlar, odamlarga zarar yetkani haqida o‘qib qolamiz. Aytish kerakki, gadjet qancha kuchli bo‘lsa, uning akkumulyatori ham shuncha qizishga moyil bo‘ladi, yong‘in chiqish xavfi ham ortadi. Ayniqsa, bunday xavf xoverbordlarda kuchli. Shu sabab CES 2016 ko‘rgazmasida ham undan foydalanish taqiqlandi. Samolyotlarga olib chiqish ham mumkin emas. Shuningdek, AQShning ayrim shtatlaridagi ta’lim maskanlari hududlarida elektr doskali roliklarda uchish taqiqlab qo‘yildi. Chunki yuqori quvvat talab etuvchi qurilmalarning yong‘in chiqarish xavfi katta.

Yangi texnologiya

Ta’kidlash joizki, Stenford olimlari ishlab chiqqan batareya qizish oldidan avtomatik tarzda o‘chadi. Harorat tegishli miqdorga pasaygach, akkumulyator yana qayta “ishga kirishadi”.

Texnologiyaning mazmuni: batareyani o‘rab turgan nikelning o‘tkir tok o‘tkazuvchi qismi ingichka elastik plyonkadan. Batareya qiziy boshlaganda plyonka kengayadi va metallning qismlarini bir-biridan uzib qo‘yadi. Harorat mo‘’tadil holga kelganda esa, u avvalgi o‘lchamga qaytadi va aloqa ta’minlanadi.

Dasturchilarning qayd etishicha, mazkur litiy-ionli batareyalar faqatgina xavfsizlikni ta’minlabgina qolmasdan, akkumulyatorning ishlash muddatini ham uzaytiradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!