Qora rangli yaltiroq Galaxy S7: ilk tasvirlar

Qora rangli yaltiroq Galaxy S7: ilk tasvirlar

Bundan ikki oldin saytimizda Samsung kompaniyasi qora oniks rangli  iPhone 7 modeliga javob sifatida qora rangli yaltiroq Galaxy S7 tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik. Kecha Sammobile nashrida mazkur rangdagi Galaxy S7‘ning ilk suratlari e’lon qilindi.

Rang ottenkasi bo‘yicha mazkur versiya joriy yilning mart oyida namoyish etilgan qora rangli Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlariga o‘xshab ketadi, biroq panelning yaltiroqligi bilan keskin ajralib turadi.

s7-edge-glossy-black-2 s7-edge-glossy-black-3

Ushbu rasmlar birinchi bo‘lib Samsung kompaniyasining Xitoydagi ofisiga tegishli rasmiy profildan Weibo mikroblogiga joylashtirilgan. Hozircha ushbu rangdagi Galaxy S7 qachon sotuvga chiqarilishi va narxi to‘g‘risida aniq ma’lumot mavjud emas.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.