Qozog‘iston muhim sabab bilan bolaning gadjetdan foydalanishini taqiqlamoqchi

Qozog‘iston muhim sabab bilan bolaning gadjetdan foydalanishini taqiqlamoqchi

Bugun bolalarning elektron gadjetlar ekrani qarshisidagi vaqtini kamaytirish barcha zamonaviy ota-onalar oldida turgan muhim masala. Bizga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘iston Respulikasida bolaning gadjet, jumladan iPad qurilmasidan foydalanishini qonun yo‘li bilan taqiqlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Qozog‘iston parlamenti spikeri Nurlan Nigmatulin bolasining qo‘liga gadjet berib qo‘ygan yosh ota-onalarni qattiq tanqid ostiga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yosh avlod kitob o‘qish o‘rniga aypeddan foydalanish bilan vaqtini o‘tkazmoqda.

“Yosh ota-onalar bolalari ularni bezovta qilmasligi uchun ularni erkalatib yuborishyapti va xohlagan elektronika vositalarini olib berishyapti. Biz ayni paytda bolalarning gadjetlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun loyihasi ustida ish olib boryapmiz”, deydi siyosatchi.

Uning qayd etishicha, iPad va boshqa gadjetlardan foydalanishga bo‘lgan bolalarda ko‘zning ko‘rishi bilan bog‘liq va boshqa kasalliklarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumki, Apple asoschisi Stiv Jobs o‘z bolalariga iPad’dan foydalanishga ruxsat bermagan. Uning tarjimai holini yozgan muallifning so‘zlariga ko‘ra, Stiv Jobs har kuni kechki mahal farzandlari bilan bir stol atrofida o‘tirib, tarixiy mavzudagi kitoblarni o‘qib, muhokama qilgan ekan. Ularning oilasida hech kim planshet yoki kompyuterdan foydalanmagan.

Microsoft asoschisi Bill Geyts ham bir muddat avval o‘z oilasida gadjetlardan foydalanish bo‘yicha qonun-qoidalar o‘rnatgani, xususan kechki paytda bolalar ertaroq uxlashlari uchun uyda gadjetlardan foydalanish taqiqlanganini ma’lum qilgan. Qolaversa, Bill Geyts farzandlari 14 yoshga kirmagunlariga qadar ularga elektron qurilmalardan foydalanishga ruxsat bermaganini ham aytgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!