Qualcomm dunyodagi eng tezkor 4G-chipni namoyish etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1274
  •  15.02.2018 13:05

Qualcomm dunyodagi eng tezkor 4G-chipni namoyish etdi (+video)

Yetakchi chipsozlardan bo‘lmish Qualcomm kompaniyasi yangi – Snapdragon X24 LTE modemini ishlab chiqardi. Uning ishlash tezligi optik tolali kabelga nisbatan ikki karra yuqori!

O‘QING: Qualcomm "5G-smartfon" ishlab chiqaruvchi brendlarni e’lon qildi

Snapdragon X24 LTE modemi 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslanadi. U dunyodagi 20 LTE toifasiga mansub ilk modem bo‘lib, 2 Gbit/soniya tezligida ishlay oladi. Shuningdek, mazkur ko‘rsatkichlarga erishish uchun bu chip ilg‘or Massive MIMO hamda Licensed Assisted Access texnologiyalaridan foydalanadi.

Ushbu tezkor chip Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress ko‘rgazmasida keng ommaga rasman taqdim etiladi. Ammo uning smartfonlarga real integratsiyasi hali 2019 yilga borib, Snapdragon turkumidagi protsessorlarning birida amalga oshiriladi.

O‘QING: Ilk haqiqiy 5G-smartfonni qaysi kompaniya taqdim qilganini eshitdingizmi?

Aytish kerakki, o‘tgan yilning oktyabrida Qualcomm dunyodagi birinchi 5G-modemni taqdim etgan edi. Biroq kompaniya yana to‘rtinchi avlod uyali aloqa standarti uchun modem ishlab chiqarganiga qaraganda, LTE bazasidagi ilg‘or texnologiyalar zarurati hali saqlanib qoladi.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!