Qualcomm Mercedez-Benz S550e uchun simsiz zaryadlash texnologiyasini yaratdi

Qualcomm Mercedez-Benz S550e uchun simsiz zaryadlash texnologiyasini yaratdi

Jahon elektronika bozorida, asosan, mobil qurilmalar protsessorilarini ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan Qualcomm kompaniyasi Mercedez-Benz S550e markasidagi avtomobillar uchun simsiz zaryadlash texnologiyasini ishlab chiqdi.

2017 yildan boshlab ushbu modeldagi mashinalar WEVC (wireless electric vehicle charging) texnologiyasiga ega bo‘ladi. Hozircha zaryadlar apparati qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilishi ma’lum qilinmagan. Ammo u Qualcomm firmasidan avtomobillarni simsiz zaryadlashga xizmat qiladigan Qualcomm Halo texnologiyasini xarid qilganligi haqida xabar berilgan. Qualcomm saytida ushbu mavzu to‘g‘risida e’lon qilingan press-relizda yozilishicha, Mercedez-Benz S550e WEVC texnologiyasi tatbiq etilgan jahondagi ilk gibrid avtomobil hisoblanadi. Avtomobilni zaryadlash uchun unga maxsus kabelni ulash shart emas, shunchaki quvvatlash maydonchasiga joylashish kifoya.

image

Qualcomm Halo energiyani simsiz tarzda distansion uzatish uchun magnit rezonansli induksiyadan foydalanadi. Energiya akkumulyatorga tez va xavfsiz uzatiladi. Mazkur texnologiya Qualcomm Safety Car (BMW i8) avtomobilida Formula E poygalarida faol sinovdan o‘tkazilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.