Qualcomm naq 8.5 milliard tranzistorli protsessor tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  677
  •  19.09.2018 12:44

Qualcomm naq 8.5 milliard tranzistorli protsessor tayyorlayapti!

Avvalroq Lenovo kompaniyasi Snapdragon 850 ARM-protsessori bazasidagi Yoga C630 WOS rusumli, teskarisiga ham buklanuvchi noutbukni taqdim etgandi. Endi esa Qualcomm kompyuterlar uchun navbatdagi avlod chipini tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Uyda kerak bo‘ladigan 10 ta noutbuk: Windows’da ishlaydigani

Yangi protsessor Snapdragon 1000 (SDM1000) yoki Snapdragon 8180 (SCX8180) deb nomlanishi mumkin, Qualcomm hozircha bu borada bir qarorga kelmagan. Ammo asosiysi bu emas – mazkur chipset naq 8.5 milliard dona tranzistorni o‘z ichiga oladi! Aytish kerakki, shu paytgacha bozorga taqdim etilgan barcha protsessorlar orasida bu «katta sakrash» bo‘ladi. Zero, Snapdragon 845 protsessorida 5.3 milliard dona tranzistor mavjud (Snapdragon 850 esa unga asoslangan) bo‘lsa, raqobatchilarining flagman chiplari – Kirin 980 hamda Apple A12 Bionic kabilar 6.9 milliard tranzistorga ega.

Mazkur chipset 7 nanometrlik tex-jarayonga asoslanib, shaxsiy kompyuterlar uchun maxsus ishlab chiqilmoqda, smartfonlar uchun esa Snapdragon 855 protsessorini taqdim etish rejalashtirilgan.

O‘QING: Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!