Qualcomm Snapdragon 710 chipi o‘rta narx toifasida eng a’losi

  •   Saroy
  •  743
  •  24.05.2018 12:11

Qualcomm Snapdragon 710 chipi o‘rta narx toifasida eng a’losi

Joriy yilning boshida Qualcomm o‘zining yangi 700-chi seriyali protsessori Snapdragon’ni namoyish qilgandi. U orqali 600-chi seriya va flagman hisoblangan 800-chi seriya o‘rtasidagi tafovutni kamaytirishga qaror qilgan. Bugun esa, kompaniya Snapdragon 710 chipining rasmiy anonsini uyushtirdi.

Yangi protsessor, Snapdragon 845 kabi 10-chi texprotsesga asoslangan. Shuningdek,  4x4 konfiguratsiyali Kryo yadrosi bilan jihozlangan va II funksiyasidan foydalanadi.

O‘QING: Qualcomm Galaxy X'ning taqdiriga oydinlik kiritdi

Snapdragon 710 2.2 GGs chastotasida ishlaydi. Uning samaradorligi  Snapdragon 660’ga qaraganda 20 foizga ko‘p. Bundan tashqari, yangi qurilma Adreno 616  grafikasi va LTE-modem (X15) bilan jihozlangan. Ttezligi 800 Mbit/s’gacha. Protsessor rasmlarni qayta ishlash, fokuslash tezligi hamda VR va AR uchun muhim ahamiyat kasb etadigan maxsus Spectra 250 ISO chipiga ega.

U 3040×1440p formatdagi HDR10 displeyi bilan ishlaydi, portlari USB 3.1 va USB 2.0, ikki modulli kamerasi 32 Mp’gacha, shuningdek, maxsus datchikli Face Unlock funksiyasiga ham ega.

Qualcomm tarqatgan xabarda aytilishicha, yangi chip bazasida chiqayotgan ilk qurilma shu yilning ikkinchi choragida xaridorlar hukmiga havola etiladi.

O‘QING: Qualcomm "5G-smartfon" ishlab chiqaruvchi brendlarni e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!