Qualcomm va Panasonic avtomobillar uchun mediaplatforma ishlab chiqmoqda

Qualcomm va Panasonic avtomobillar uchun mediaplatforma ishlab chiqmoqda

Qualcomm va Panasonic firmalari Android  va Google servislari asosida yaratilgan avtomobillarga mo‘ljallangan media-platformani namoyish qilishdi. Platforma Qualcomm Snapdragon 820Am protsessorida ishlaydi, u qo‘shimcha harakatlarsiz tizimni turli ilovalar, ekran o‘lchamlari va formatlari uchun optimallashtirishga xizmat qiladi, deb yozmoqda 4PDA nashri.

Mazkur platforma uchun Android Nougat dasturi operatsion tizim vazifasini bajarmoqda. Qualcomm Snapdragon 820Am chipining tarkibiga X12 LTE-modemi,  Qualcomm Kryo protsessori va Adreno 530 grafikasi kiradi. Mazkur loyiha orqali ishlab chiqaruvchilar avtombillar uchun kam xarajat talab qiladigan, tushunarli va ergonomik platformani yaratishni maqsad qilganlar.

Tizimda yo‘lovchilar uchun safar yo‘nalishini ko‘rsatadigan va musiqa ijrosini boshqarishga yordam beradigan ilova ko‘zda tutilgan. Boshqa avtomobilsozlar ham mazkur platforma asosida xususiy yechimlarni ishlab chiqishlari mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!