Qualcomm xodimi ilk 5G smartfon suratini tarqatib yubordi

Qualcomm xodimi ilk 5G smartfon suratini tarqatib yubordi

Ayni paytga kelib jahon miqyosida 3G tarmog‘ida 4G'ga o‘tish jarayoni jadal amalga oshmoqda. Endigi navbat tezkor 5G aloqasiga o‘tish va bu texnologiya davrida bugun biz foydalanayotgan barcha smartfonlardan voz kechishimizga to‘g‘ri keladi. Apple iPhone X, Samsung Galaxy S8, Galaxy Note 8, LG V30 hamda Sony Xperia XZ va boshqa flagmanlar ham bu inqilobiy tezlik oldida ojiz qoladilar. Biroq, yangi avlod smartfoni 2G/3G/4G tarmoqlarida bemalol ishlaydi.

Shu kunlarda ba’zi davlatlarda mobil aloqa provayderlari tomonidan 5G texnologiyasini sinab ko‘rish ishlari ham boshlangan. Dastlabki tajriba jarayonlarida yangi tarmoqda ma’lumotlarni jahon miqyosida o‘rtacha 4G LTE'dan 100 karra tezroq almashish imkoniyatining mavjudligi qayd etilmoqda.

Qualcomm X50 aloqa modemiga ega 5G smartfonlari uchun platforma ishlab chiqarishni tadqiq qilayotgan yetakchi kompaniyalardan biri. Shu kunlarda kompaniyaning istiqbolda aynan yangi tarmoqda ishlaydigan smartfonlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi ham ma’lum qilinmoqda.

Qualcomm kompaniyasi yaqindagina o‘tkazilgan 2017 Qualcomm 4G/5G Anjumanida ham "Qualcomm Snapdragon X50 5G" modemini namoyish qildi. Bu modem sekundiga 1 gigabit ma’lumotni almashish imkonini beradi. Ya’ni, bu tezlik bilan "og‘ir" videolarni ham bir necha soniyalar ichida yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Quyidagi smartfon Qualcomm muhandisi Sherif Hanna tomonidan internetda e’lon qilingan. U 5G'da ishlaydigan ilk smartfonning prototipi. Devays ko‘rinishidan bugungi gadjetlarni esga soladi.


"Qo‘limda jahonning ilk 5G smartfoni turganiga ishongim ham kelmaydi", deb yozadi u o‘zining tvitida.

Ekspertlarning fikricha, bu turdagi smartfonlar sinov tariqasida 2018 yilning o‘rtalarida taqdim qilinadi va 2020 yildan boshlab ommalashadi.

Qualcomm smartfoni keyingi avlod protsessorlari bilan birga, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan X50 modemi bilan ta’minlanadi. Ammo, yangi yilda taqdim qilinuvchi, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 chipida ishlaydigan smartfonlar ham yangi texnologiyani qo‘llab-quvvatlamaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.