Qulay bo‘lishi uchun smartfon boshqaruv punktini ekranning pastiga ko‘chiramiz

  •   DiMaX
  •  1817
  •  29.10.2019 14:21

Qulay bo‘lishi uchun smartfon boshqaruv punktini ekranning pastiga ko‘chiramiz

Hozirgi smartfonlar ekrani o‘lchami tobora kattalashib borayotir va bu hol mediakontent ko‘rish, internet-syorfing uchun qulay. Ammo bunda smartfonni boshqarish noqulay – ekranning yuqori qismidagi elementlarni bosish uchun smartfonni boshqa qo‘lingiz bilan ushlab turishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Smartfonni bitta qo‘lda boshqarish uchun qulay menyu – Swiftly Switch

Eng keraklisi – ekranning yuqori qismidan silab ochiladigan boshqaruv punktiga ham katta ekranli qurilmalarda qo‘lingiz yetishi qiyin. Shu sababli uni pastga ko‘chirib qo‘ysangiz, o‘zingizga qulay bo‘ladi. Bunda sizga Bottom Quick Settings ilovasi yordamga keladi – Android-qurilmangizga uni mana bu havola orqali yuklab olasiz.

Smartfonga Bottom Quick Settings dasturini o‘rnatib olgach, uni ishga tushirasiz va kerakli ruxsatlarni berasiz. Keyin esa boshqaruv punktini o‘zingiz istagancha o‘zgartira olasiz. Masalan, bu ilova yordamida unga ayrim elementlarni qo‘shish yoki mavjudlarini olib tashlash mumkin; soat, akkumulyator quvvat darajasi va opreator nomi ko‘rsatilgan status-barni pastga ko‘chirsa bo‘ladi...

Aytish kerakki, Bottom Quick Settings’ning ayrim funksiyalari ilovaning premium-versiyasidagina ishlaydi. Ammo bepul versiyasining o‘zi ham sizga ko‘p imkoniyatlar beradi.

O‘QING: Google Maps va boshqa xaritalar masshtabini bitta barmoqda boshqarish mumkin!