Qo‘sh kamerali Huawei Mate 9 anonsi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi

Qo‘sh kamerali Huawei Mate 9 anonsi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi

Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘zining 3 noyabrda bo‘lib o‘tadigan gadjetlar taqdimotiga taklifnomalarni jo‘natishni boshlab yubordi. Taqdimotda kompaniyaning navbatdagi yirik ekranli modeli – Huawei Mate 9 namoyish etilishi kutilmoqda.

Hozirgacha ma’lum qilingan tafsilotlarga ko‘ra, Mate seriyasidagi yangi model 6 dyuymli Full HD ekran, HiSilicon Kirin 960 protsessori, 4/6 GB tezkor va 64/256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, modelga Leica bilan hamkorlikda qilingan 20 MPli qo‘sh kamera o‘rnatiladi. Kameraga svetodiodli chaqnoq va lazerli avtofokus texnologiyasi tatbiq etiladi.

Mate 9 metall korpus, barmoq izi skaneri bilan ta’minlanadi, Android dvsturinng Nougat versiyasida ishlaydi. Yangi modelning narxi haqida hozircha aniq tafsilotlar mavjud emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!