«Qo‘sh ko‘zli» UMIDIGI Z1 yilning eng yupqa flagmani bo‘lishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1570
  •  12.06.2017 10:22

«Qo‘sh ko‘zli» UMIDIGI Z1 yilning eng yupqa flagmani bo‘lishi mumkin

UMIDIGI kompaniyasi yaqinda taqdim etilishi kutilayotgan flagmani – Z1 modelining ayrim xususiyatlarini oshkor etdi. Xabarga ko‘ra, UMIDIGI Z1 joriy yildagi flagmanlar orasida eng yupqasi bo‘lishi mumkin – uning korpusi qalinligi atigi 6,95 millimetrga teng.

Qiziqarli dizaynidan tashqari ham yangi smartfonning e’tiborga loyiq jihatlari ko‘p.  Xususan, uning UMIDIGI Z1 PRO versiyasi tezkor xotirasi 8 gigabayt, doimiy (ichki) xotirasi esa 128 gigabaytni tashkil etishi ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ygan (oddiy versiyasida bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 6 va 64 gigabaytga teng). Smartfon batareyasi katta sig‘imli bo‘lishiga shama qilinsa-da, aniq ma’lumot berilmayapti, ekrani esa Super AMOLED-displeyga ega. Z1’ning operatsion tizimi Android Nougat versiyasi bo‘ladi.

Biroq mazkur gadjetning asosiy o‘ziga xosligi bular emas. Uning kamerasi qo‘shaloq modulga ega bo‘ladi, bu esa mobil fotografiyada eng ilg‘or zamonaviy trendlardan biridir. UMIDIGI Z1 kamerasi katta yorug‘lik quvvatiga ega bo‘lib, foydalanuvchiga fotografiyaning bir qator professional imkoniyatlarini taqdim etadi. Press-relizda va’da qilinishiga ko‘ra, bu smartfon bilan kishi o‘z suratkashlik iqtidorini maksimal darajada namoyon etishi mumkin bo‘ladi.

Kameraning texnik xususiyatlarini, shuningdek, Z1’ning boshqa jihatlarini UMIDIGI kompaniyasi 19 iyunda oshkor etishni rejalashtirgan.

Darvoqe, UMIDIGI kompaniyasi saytida tanlov e’lon qilingan, uning g‘olibi yangi smartfonni atigi 9,99 AQSh dollari evaziga xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!