Qushcha dunyoning eng boy odami qo‘lida

Qushcha dunyoning eng boy odami qo‘lida

Salkam 10% aksiyasini sotib olib, kompaniyaning eng katta aksiyadori bo‘lganidan keyin, Twitter kompaniyasi Ilon Mask uchun o‘zining direktorlar kengashidan joy berganligini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Ilon Mask 2024-yilgacha ikkinchi klass rahbari sifatida ish olib boradi va u yolg‘iz o‘zi Twitter'ning 14.9 foizdan ortiq aksiyasini sotib ololmaydi.


Ijtimoiy tarmoqning bugungi kundagi rahbari, Parag Agarawal o‘zining rasmiy sahifasida so‘nggi haftalarda Ilon Mask bilan suhbatlashganidan keyin, u kengash uchun katta ahamiyatga ega ekanligi ayon bo‘lganligini aytib, milliarderni direktorlar kengashiga qo‘shilganini e’lon qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Mask ishtiyoqli va shu bilan birga ashaddiy tanqidchi bo‘lib, shuning uchun ham u ijtimoiy tarmoqqa keraklidir. Tesla rahbari kelasi oylarda ijtimoiy tarmoqni sezilarli darajada yaxshilash uchun Parag va Twitter kengashi bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutayotganligini aytgan.

Shuningdek, Twitter sobiq bosh direktori Jek Dorsi ham Ilon Maskning ijtimoiy tarmoq kengashiga qo‘shilganidan xursandligini aytib uni tabriklagan.

Shu haftaning dushanba kuni Ilon Mask Twitter'ning 9.2% ulushi yoxud 73 milliondan ortiq aksiyasini sotib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Kecha, seshanba kuni esa Mask allaqachon Twitter'ni o‘zgartirish uchun yangi va shu bilan bir qatordan ijtimoiy tarmoqdan eng ko‘p talab qilingan funksiyaning platformaga qo‘shilishi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edi.

O‘QING: Ilon Mask Twitter'ga o‘zgartirish kiritishni boshlab yubordi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!