Qo‘shimcha ekranli HTC U Ultra modeliga tegishli suratlar e’lon qilindi

Qo‘shimcha ekranli HTC U Ultra modeliga tegishli suratlar e’lon qilindi

Internet tarmog‘idagi nashrlarda hali taqdimoti o‘tkazilmagan Qo‘shimcha ekranli HTC U Ultra modeliga tegishli suratlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Smartphone.ua nashri.

Xitoy mikrobloglarining birida e’lon qilingan suratlarga diqqat qiladigan bo‘lsak, ushbu smartfon to‘rt xil rangda sotuvga chiqarilishi ma’lum bo‘ladi. HTC U Ultra modelining old paneli 2,5D shisha bilan qoplanadi. Barmoq izi skaneri asosiy tugmaga sozlanadi. Model USb Type-C sloti va media-dinamik bilan jihozlanadi, biroq qurilmada 3,5 millimetrli audioslot ko‘zda tutilmagan. Asosiy kameraning aniqligi 12 MP, ikki rangli chaqnoq va optik stabilizatsiya funksiyasiga ega.

Smartfonga Qualcomm Snapdragon 821/835 protsessori, 4 GB operativ va 64 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Akkumulyatorining sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lishi xabar qilingan.

HTC U Ultra tez kunda namoyish etiladi, narxi hozircha oshkor etilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!