Quvvatlagichsiz qolayotgan Redmi smartfonlari

Quvvatlagichsiz qolayotgan Redmi smartfonlari

Xiaomi kecha Hindistonda Redmi Note 11 SE modelini taqdim etdi. Xiaomi India rasmiy veb-saytida smartfon quvvatlagichsiz yetkazib berilishi aytilgan. 

Xiaomi o‘tgan yilgi Mi 11 modelidan boshlab smartfon qutisidan quvvlash adapterini olib tashlangan edi. Redmi modellarida esa bu holat birinchi marta uchramoqda. 

Yuqoridagi suratda Note 11 SE modelining qutisida smartfon bilan birga USB-C kabeli, SIM-karta ejektori, himoya g‘ilofi, qo‘llanma va kafolat qog‘ozi bo‘ladishi haqida ma’lumot berilgan.

Avvalroq taqdim etilgan barcha Redmi modellari quvvlash adapteri bilan birga sotiladi. Hozircha kelajak taqdim etiladigan yangi Redmi modellarining qutisida quvvatlash adapteri bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ma’lum bo‘lib qolmoqda. 

O‘QING: Quvvati tugasa ham qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yozish imkoniyatiga ega smartfon taqdim etiladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!