Rangini o‘zgartira oladigan vivo V23 va V23 Pro qurilmalari taqdim etildi

Rangini o‘zgartira oladigan vivo V23 va V23 Pro qurilmalari taqdim etildi

vivo kecha V23 va V23 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Smartfonning dizayni bir-biriga o‘xshash. Ikkisining ham romi metaldan ishlangan hamda orqa paneli shisha bilan qoplangan. 

O‘QING: realme GT 2 seriyasi taqdim etildi 

V23 modeli yassi displey bilan, Pro model esa ikki tomonga qayrilgan displey bilan jihozlangan. 

Ikkala smartfon matoviy qoplamdagi Fluorite AG Glass shishasiga ega. Qurilmalarning Stardust Black va Sunshine Gold rangdagi turlari besh-olti daqiqa quyosh nurlari ostida turgandan so‘ng o‘z rangini o‘zgartirishi mumkin. 

vivo V23 Pro smartfonining orqa va old panellari ikki tomoni qayrilgan shisha bilan qoplangan. Smartfon MediaTek Dimensity 1200 chipi, 8/12GB tezkor va 128/256GB doimiy xotiraga ega. 

Qurilma 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.56 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. 

Shuningdek, u 44 vattda quvvat oluvchi 4,300 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, old tomonda 50MP asosiy selfi kamera va 8MP ultrakeng kamera joylashgan. Orqa paneldagi kamera modulidan esa 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera hamda 2MP makro kamera o‘rin olgan. 

vivo V23 modeli esa 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi nisbatan kichikroq 6.44 dyuymli AMOLED displeyi hamda 44 vattda quvvat oluvchi 4,200 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Qurilmaga Dimensity 920 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, uning 8/128GB va 12/256GB xotiraga ega turlari mavjud. 

V23'ning kamera texnik jihatlari Pro modelniki bilan bir xil. Birgina farq V23'ga 108MP kamera o‘rniga 50MP asosiy kamera o‘rnatilgan. 

Smartfonlarning narxi quyidagicha: 

vivo V23 (8/128GB) - 400 dollar

vivo V23 (12/256GB) - 470 dollar

vivo V23 Pro (8/128GB) - 520 dollar

vivo V23 Pro (12/256GB) - 590 dollar 

vivo veb-sayti va Flipkart onlayn do‘koni orqali smartfonlarga oldindan buyurtma berish mumkin. vivo V23 Pro modeli 13-yanvarda, V23 modeli esa 19-yanvarda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Galaxy S21 FE taqdim etildi