Raskladushka ishqibozlari uchun: Samsung Galaxy Folder 2

Raskladushka ishqibozlari uchun: Samsung Galaxy Folder 2

Xitoy internet resurslarida Samsung Galaxy Folder 2 nomli raskladushka form-faktoridagi telefon suratlari paydo bo‘ldi. Telefon Xitoy telekommunikatsiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida qayd etilgan bo‘lib, u 15,5 mm qalinlikdagi korpusga ega. Tarqatilgan suratda tillarang Galaxy Folder 2 telefonini ko‘rish mumkin. Qopqoqning ichki qismida joylashgan displeyning kattaligi 3,8 dyuym, aniqlik darajasi – 800 × 480 nuqta.

Smartfon Qualcomm kompaniyasiga tegishli Snapdragon 425 (4 yadroli 1,4 GGs chastotadagi RM Cortex-A53) protsessorida ishlaydi. Qurilmaga Adreno 308 rusumidagi grafik protsessor va X6 LTE modemi o‘rnatilgan. Tezkor xotira – 2 GB, doimiy xotiraning hajmi esa 16 GB. Shu bilan birga smartfon xotirasini microSD-karta yordamida kengaytirish mumkin. Smartfon 8 MPli asosiy va 5 MPli old kameralar bilan ta’minlangan.

Akkumulyator sig‘imi – 1950 mA/st. Bu smartfonning bir kunlik ishi uchun kifoya qiladi.

Telefonning gabaritlari – 122 × 60,2 × 15,5 mm, og‘irligi – 155 gr. Retro form-faktordagi qurilma Android 6.0.1 Marshmallow versiyasida ishlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.