RASMAN: Pixel 2 smartfoni taqdimotini Google g‘ayrioddiy usullarda ma’lum qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1039
  •  15.09.2017 09:48

RASMAN: Pixel 2 smartfoni taqdimotini Google g‘ayrioddiy usullarda ma’lum qildi (+video)

Google o‘zining yangi smartfoni – Pixel 2 namoyish etiladigan kun haqida xabar berishda an’anaviy usullardan foydalanmadi. Shunchaki, taqdimot kuni ko‘rsatilgan bilbordlar ilib chiqdi, shuningdek bu haqda maxsus videorolik yaratdi va saytni ishga tushirdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

4 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan namoyish xususida ishlangan videolavha ham o‘zgacha. Unda Google qidiruv qatori aks ettirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar o‘z smartfonlarida yuzaga kelayotgan muammolar haqida so‘rashadi: «Telefonimning batareyasiga nima bo‘lgan?», «Nega telefonim suratlarni bunaqa xira qilib oladi?» va hokazo. Rolik so‘ngida esa «Haliyam so‘rashingiz qiziq» yozuvi chiqadi va taqdimot sanasi – 4 oktyabr aks ettiriladi.

Shuningdek, Google yana «Ask More» nomli sayt sahifasini ham ishga tushirgan. Unda foydalanuvchilardan, 4 oktyabrdagi muhim voqeadan bexabar qolmaslik uchun o‘z elektron pochtasi manzilini kiritish so‘raladi.

Bulardan tashqari, Google ko‘cha reklamasidan ham foydalangan. Boston shahrida Google logotipi hamda «O‘z smartfoningiz haqida ko‘proq so‘rang» yozuvi tushirilgan bilbord ilib qo‘yilgan. Aftidan, kompaniya foydalanuvchilar o‘z smartfonlarining kamchiliklariga yanada tanqidiy nigoh bilan qarashlari lozimligiga shama qilyapti va yangi Pixel 2 bu nuqsonlardan xoli bo‘lishini ta’kidlayapti.

4 oktyabrdagi marosimda Google o‘zining Pixel 2 va Pixel XL 2 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda. Ular yangi Snapdragon 836 chipiga, 4 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!