RASMAN: Xiaomi Mi Note 3 ham Mi Mix 2 bilan baravar taqdim etiladi
Xiaomi prezidenti kompaniyaning yana bir flagman qurilmasi – Mi Note 3 fableti ham tez orada namoyish etilishi haqida xabar berdi. Aftidan, u ham Mi Mix 2 devaysi bilan birga – 11 sentyabrda taqdim qilinadi, deb yozadi GizmoChina.
Xuddi Mi 6 kabi, lekin kattaroq
Mazkur gadjetini Xiaomi o‘zining amaldagi flagmani – Mi 6 smartfonining kattaroq nusxasi sifatida taqdim etayotir. Mi Note 3 ekrani ikki yonigacha ham qayrilgan, korpusi esa shishadan ishlangan bo‘ladi.
Mi 6 diagonali 5,15 dyuymli displeyga ega bo‘lsa, Mi Note 3 ekrani 5,7 dyuymlik diagonalga ega bo‘lishi taxmin qilinayotir. Shuningdek, u Snapdragon 835 protsessorida ishlaydigan bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Xiaomi Mi Note 3’ning taxminiy xususiyatlari:
• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 835 10nm 64-bit, 8 yadroli (4x 2.2 GGs va 4x 2.4 GGs );
• Ekran: diagonali 5,7 dyuym, sig‘imi 1080x1920 pikselli;
• Tezkor xotira: 6 GB;
• Doimiy xotira: 64 va 128 GB;
• Asosiy kamera: qo‘sh ob’yektivli, ikki karra optik zumga ega, 12 megapikselli;
• Old kamera: 8 megapikselli;
• Akkumulyator: 4000 mA/soat.
Mazkur fablet ham bir nechta modifikatsiyali variantlarda chiqarilishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, iPhone 8 taqdimotidan oldingi kunni kutish uchun Xiaomi ixlosmandlarida kamida ikkita sabab bor: romsiz Mi Mix 2 va katta ekranli Mi Note 3.