Rasmiy xabar: Huawei P10 va P10 Plus taqdim qilindi

Rasmiy xabar: Huawei P10 va P10 Plus taqdim qilindi

MWC 2017 — Jahon Mobil Kongressida xitoylik ishlab chiqaruvchi Huawei navbatdagi Huawei P10 va P10 Plus smartfonlarini taqdim qildi. “Ajdod”lari kabi, Huawei P10 va P10 Plus flagmanlari Leica’ning ikki ob’yektivli bosh kameralariga ega bo‘lishdi. Biroq, avvalgi gadjetlardan farqli ravishda, P10 va P10 Plus’ning old kameralari ham nemislarning Leica firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Asosiy jihatlari:
Huawei P10 gadjeti 5,1 dyuymli Full HD displeyga, Huawei P10 Plus’ning ekran diagonali esa 5,7 dyuym, sig‘imi — Quad HD. Smartfonlar ekranlari 2,5D turidagi qayrilma Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan. Bu shisha gadjetlarni noxos tushib ketganida himoya qiladi. Ekran quyisidan yagona tugma o‘rin olgan. Bu tugmada barmoq izlari skaneri mavjud. Shuningdek, bu tugma barmoqni qisqa va uzoq bosib turish, orqa va oldinga surish orqali “svayp”, “orqaga”, “oldinga” kabi an’anaviy sensor tugmalar vazifasini ham bajaradi.

Huawei P9 kabi, bosh kamera modullaridan biri rangli, ikkinchisi oq-qora suratga oladi. Ulardan biri 12 boshqasi 20 megapikselli. Ularda SUMMILUX-H linzalaridan foydalanilgan. Kamera modullarining yorug‘lik o‘tkazuvchi apertura ob’yektivlari hajmi f/1,8. Ikkala qo‘sh ob’yektiv olgan surat dastur yordamida omixtalashadi.

Natijada, yorqin va ranglarga to‘yingan suratga guvoh bo‘lish mumkin. Kamera optik barqarorlashtirish, 4 karrali gibrid avtofokus, 2 karrali gibrid zum funksiyalariga ega. Kamerada 2160r sig‘imli video tasvirga olish mumkin.

Flagmanlarning metall korpusi «giper olmos» qoplamasiga ega. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, bu qoplama barmoq izlari va tirnalishlarga chidamli. Bu gaplar korpus rangi juda nozik iPhone 7 va 7 Plus taqdimotida ham aytilgan edi. Huawei P10 va P10 Plus jilodor – Ceramic White talqinlari ham mavjud.

Yana bir muhim jihati korpusdagi nano-qoplama smartfonlarni chang va suvning yomon ta’siridan himoya qiladi.

Korpus juda yupqa – 7 mm. Shu bilan birga, Huawei P10’da akkumulyator sig‘imi o‘rtacha – 3200 mA soat. P10 Plus’da esa 3750 mA soat. Bu smartfonlarga 2-2,5 kun ishlashi uchun yetadi. Shuningdek, ularda tezkor quvvatlash tizimi ham mavjud.

Huawei P10 Plus’ning yana bir muhim jihati – aloqa sifatini oshirish xususiyati. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bu 4,5G aloqa tarmog‘iga xoslashgan jahondagi ilk smartfon. Undagi 4 ta antenna 4x4MIMO aloqa texnologiyasini amalga oshiradi. Natijada, gadjetning aloqa signallarini qabul qilish salohiyati oshadi.

Huawei Geo Technology texnologiyasi esa GPS sputnik tizimlarining signallarini sifatli qabul qiladi.

Huawei P10 / P10 Plus texnik jihatlari:

Protsessor: HiSilicon Kirin 960, 8 yadroli (4 Cortex-A73, chastota tezligi 2,4 GGs + 4 Cortex-A53 chastota tezligi 1,8 GGs), 64 bit, Mali-G71 videokartasi.
Operativ xotira: 4 – 6 GB
Doimiy xotira: 64 – 128 GB
Ekran: 5,1 dyuymli, Full HD (1920 x 1080 belgi, har dyuymda 431 ppi) / 5,5 dyuymli, Quad HD (2560 x 1440 belgi, 534 ppi)
Bosh kamera: qo‘sh ob’yektivli, 12 + 20 MP, linzalari SUMMILUX-H, apertura f/1,8, 4 karrali gibrid avtofokus, ikki karrali «gibrid» zum, video tasvir sig‘imi 2160r.gacha.
Old kamera: 8 MP, f/1,9
SIM-kart bo‘lmasi: 2 ta, bittasi gibrid ( microSD kartasi yoki SIM-karta uchun)
Aloqa: 2G/3G/4G, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), dual band, 2×2 MIMO, USB Type-C, 3,5-mm, NFC texnologiyasi
Akkumulyator: 3200 / 3750 mA soat, tezkor quvvatlash tizimi
Korpus: metall
Operatsion tizim: Android 7.0’ning EMUI 5.1 talqini
O‘lchamlari: 145,3x69,3x6,98 mm / 153,5x74,2x6,98 mm
Vazni: 145 gramm / 165 gramm


Talqini va narxi
Huawei P10:
4 / 64 GB – 649 yevro

Huawei P10 Plus:
4/64 GB – 699 yevro
6/128 GB – 799 yevro

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!